"Qo‘qon-1912" darvozaboniga ko‘z tikayotgan klublar bor

  • 13 dekabr, 2021, 21:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” klubida bir necha yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan posbon Muzaffar Abdullaev keyingi mavsumni qaerda o‘tkazishi muxlislarni qiziqtirayotgani bor gap.

Tecno

Negaki, o‘zidan yaxshi taassurot qoldirgan darvozabonning qo‘qonliklar bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etmoqda.

abdullaev

Ma’lumotlarga qaraganda, Muzaffarning xizmatiga ko‘z tikayotgan klublar bor. Ayni chog‘da u takliflar ustida bosh qotirmoqda. Albatta, bu bilan uni "Qo‘qon-1912"ni tark etdi, deyishga hali erta. Balki shartnomani uzaytirgan holda yangi mavsumni yana Qo‘qonda davom ettirishi ham mumkin. Abdullaev katta ehtimol bilan yanvar oyida bir qarorga keladi.  

Mehnati bilan jamoaning birinchi raqamli darvozaboniga aylangan 29 yoshli Muzaffar Abdullaev yakuniga etgan Superliganing 19 ta o‘yinida “Qo‘qon-1912” darvozasini himoya qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!