
“Qo‘qon-1912” - “So‘g‘diyona”. O‘zaro o‘yinlarda ustunlik kim tomonda?
O‘zbekiston Superligasi 23-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “So‘g‘diyona” uchrashuvi 26 oktyabr kuni Yaypan shahridagi “O‘zbekiston”stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 33 marta to‘qnash kelishgan. Bu safargi to‘qnashuv jamolarning o‘zaro 34-uchrashuvi hisoblanadi.
O‘yinlarning 9 tasida maydon egalari zafar quchishgan, 16 ta bahsda jizzaxliklar qo‘li baland kelgan. Sakizta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati 55-38, “So‘g‘diyona” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 35 ochkoni qo‘lga kiritgan. “So‘g‘diyona””ning hisobidagi ochkolar soni esa 56 tani tashkil etadi.
Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan so‘nggi oltita uchrashuvda qayd etilgan natijalar:
18.05.2021 Qo‘qon-1912 – So‘g‘diyona – 2:3
14.03.2020 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 2:1
30.07.2019 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 1:2
25.11.2018 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 0:0
29.07.2018 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 2:1
20.06.2017 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona - 3:2
Fikrlar