
Qo‘pol xato qilgan “Roma” futbolchisi jahon chempionatiga bormaydigan bo‘ldi
“Roma”ning 23 yoshli markaziy himoyachisi Rojer Ibanes bu mavsumdan e’tiboran Braziliya terma jamoasiga jalb etilayotgan edi. Bu futbolchi A Seriyaning markaziy uchrashuvida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishi oqibatida rimliklar poytaxt derbisida “Latsio”dan 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Braziliya terma jamoasi safida jahon chempionatiga tayyorgarlik yig‘inida qatnashgan Ibanes Qatarga olib ketilmaydigan bo‘ldi. Terma bosh murabbiyi Tite himoyachini mundialga boradiganlar ro‘yxatiga kiritmadi.
Tite hozircha 24 nafar futbolchini tanlagan. Yana uch himoyachi – “Benfika”dan Lukas Verissimo, “Yuventus”dan Bremer va “Unam Pumas”dan Dani Alves zaxira ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Fikrlar