
Qoidalarni buzgan Semedu "Barsa"ning mashg‘ulotlarida qatnashmadi
Himoyachi Nelson Semedu "Barselona"ning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi.
26 yoshli futbolchi dushanba kuni niqobsiz vam masofa saqlamagan holda, 20 kishidan iborat bo‘lgan ziyofatda ishtirok etgani haqida ma’lumot bergandik. Portugaliyalik hukumat va La Liganing qoidalarini buzgan.
La Liganing qoidalariga ko‘ra, Semedu mashg‘ulotlarda ishtirok etolmadi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli, La Liga chempionati to‘xtatilgan edi va bugundan e’tiboran, musobaqaga start beriladi. Kataloniya klubi esa 13 iyun kuni "Malorka"ga qarshi maydonda saf tortadi.
Fikrlar