Qiziq fakt! AGMK O‘zbekiston kubogida "Nasaf"ga mag‘lub bo‘lmagan. Lekin qarshiliklar bir marta AGMKni musobaqadan chiqarib yuborishgan

  • 16 dekabr, 2020, 08:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston chempionati hamda kubok doirasida 2008 yildan buyon davom etayotgan qarama-qarshilik: AGMK - "Nasaf" to‘qnashuvida 31-bellashuv. Olmaliqliklar matbuot xizmati uchrashuv oldidan statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Hozirga qadar o‘tkazilgan 30 uchrashuvda AGMK 6 g‘alaba, 10 durang va 14 mag‘lubiyat qayd etgan. Bu borada ustunlik raqib — "Nasaf" tarafida. To‘plar farqi ham qarshiliklar foydasida: 27-45.

"Nasaf" joriy mavsum Superligada kumush medalga ega chiqdi, AGMK esa o‘z tarixida ilk bor bronza medalni qo‘lga kiritdi. Chempionatda ham yonma-yon ketgan va mavsum davomida o‘zaro raqobatga kirishgan bu ikki jamoa endilikda mamlakat kubogi finali yo‘lida Olmaliqda to‘qnashmoqda.

Chempionat sovrindorlari mavsumni kubok bilan tugatishni niyat qilgan. AGMK O‘zbekiston kubogi doirasida hali "Nasaf"ga mag‘lub bo‘lmagan. Lekin qarshiliklar bir marta AGMKni kubok musobaqasidan chiqarib yuborishgandi.

Jamoalar dastlab, 2009 yilgi kubokda to‘qnash kelgan va o‘shanda asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmagach, penaltilar seriyasida (6:7) omad "Nasaf"ga kulib boqqan.

AGMK O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan 2018 yili nimchorak finalda "Nasaf"ni dog‘da qoldirib, chorak finalga yo‘llanma olgan va keyinchalik O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangandi.

AGMK va "Nasaf" jamoalarining O‘zbekiston kubogi doirasidagi o‘yinlari:

2009 yil
O‘zbekiston kubogi, 1/8 final.
AGMK - "Nasaf" 1:1 (pen: 6:7)

2018 yil
O‘zbekiston kubogi, 1/8 final.
AGMK - "Nasaf" 2:1
Gollar: Otabek Zokirov (28), Yovan Jokich (30) - Saydullo Rahmatov (74)

Navbatdagi bahs AGMK va "Nasaf" jamoalarining O‘zbekiston kubogidagi uchinchi to‘qnashuviga aylanadi. AGMK joriy mavsum O‘zbekiston kubogida dastlab "Lokomotiv"ni (3:0), keyinchalik "Metallurg"ni (4:3) musobaqadan chiqarib yubordi. "Nasaf" esa vodiy jamoalari "Andijon" (1:0) va "Navbahor" (2:1) ustidan g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston Kubogi, yarim final.

16 dekabr, chorshanba

AGMK — «Nasaf» (16:00)

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Abdurashid Xudoyberganov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
16/12/2020 12:27
Иншоллох Насаф бугун галаба кутамиз ё роббим Насафчиларни узинг коллаген омин