"Qizilqum"ga qarshi o‘yindan so‘ng Shota Arveladze taqvim, hakamlarga e’tirozlar va Siddiqovning transferi haqida gapirib o‘tdi

  • 12 dekabr, 2020, 16:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi chorak finali "Paxtakor" - "Qizilqum" (1:0) o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng, mezbonlar ustozi Shota Arveladze o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Kubok bahslari bir o‘yindan iborat bo‘lishini hisobga olsak, o‘yinlar oson bo‘lmaydi. Birinchi taymda uch-to‘rtta  imkoniyatga ega bo‘ldik, biroq ulardan foydalana olmadik. Ammo bugungi g‘alaba haqli qo‘lga kiritildi.

Taqvim juda tig‘iz, har to‘rt kunda maydonga tushishga majbur bo‘lyapmiz, biroq yigitlarga qoyil, ular o‘yinni nazorat qila olishdi va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratishdi. Oldinda yarim final. Ozroq vaqtdan so‘ng, raqibimiz kim bo‘lishini bilib olamiz. Tanaffus vaqtida yigitlarga ko‘p gapirib o‘tirmadim. Chunki ikkala taymni ham birdek yaxshi o‘tkaza oldik. Faqat ularga hissiyotlarga berilmaslikni va so‘nggi zarbalarni yaxshiroq berishlari haqida gapirdim.

Siddiqovning ketishi? Transferlarga izoh bermayman, chunki mish-mishlar muhokama qilinmaydi.

Hakamlar doimo o‘yinni to‘g‘ri boshqarishga harakat qiladi. O‘yindan so‘ng, ulardan uzr so‘rayman, chunki o‘yin vaqtida hissiyotlarga berilib ketaman. Raqib nima uchun e’tiroz bildirayotganini bilmayman, hammaning o‘z qarashi bor. Bizning yigitlarga ham etarlicha sariq kartochka ko‘rsatildi, ofsayd yo‘q holatda qanot hakam bayrog‘ini ko‘tardi.

Vaziyatlarimiz etarlicha bo‘ldi, shuning uchun hisobni tezroq 2 taga oshirib olishni juda xohlagandim, ammo bu futbol va sening hamma hujuming ham gol bilan yakunlanmaydi. Yigitlarga yana bir bor rahmat aytmoqchiman, ular bugun juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi, - deydi Arveladze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!