"Qizilqum" bosh murabbiyi: "U shunaqa futbolchiki, istalgan bo‘sh hududni yopadi"

  • 6 oktabr, 01:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” klubi ushbu turda “Mash’al”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

- “Navbahor”dagi mag‘lubiyatdan keyin uchta o‘yinda yana yutqazdik. Futbolchilar ham tushunib turishgandiki, bu safar yutmasak bo‘lmasdi. Barcha yigitlarga rahmat, borlarini berishdi. Muxlislarimizga ham rahmat. Futbolchilar aytilgan vazifani uddaladilar.

- Himoyachilar orasida jarohatlanganlari bor. Bu muammoni qanday hal qilmoqchisiz?

- To‘g‘ri aytyapsiz, Nikola Kumburovich bilan Ilhom Vahobovda jarohat bor. Ular davolanishyapti. Tezroq tarkibga qaytishlariga tilakdoshmiz. Bizda yoshlarimiz bor. O‘tgan safar ham aytgandim, mana shunday uchrashuvlarda yoshlarimizni sinab ko‘ramiz. Ularga ishonch bermasak bo‘lmaydi. O‘zlarini ko‘rsatishsa keyingi o‘yinlarga ham qo‘rqmasdan maydonga tushiramiz. Bu ular uchun katta imkoniyat.  

- Ikkita himoyachini yo‘qligi sababli Asror G‘ofurovda orqaroqda o‘ynadi. Bunga qanday baho berasiz?

- G‘ofurovni oxirgi himoyachi vazifasiga qo‘ydik. O‘ylaymanki, yomon o‘ynamadi. Pozitsiyani yopa oldi. “Mash’al” jamoasiga ham rahmat. Ularga omad tilayman. Futbolda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Hayot shunday.

- Zaxiraga olingan Bozorov hujumkor o‘yin ko‘rsatayotgandi...  

- Bozorov shunaqa futbolchiki, har qanday pozitsiyani yopa oladi. Hujumda, himoyada, markaziy himoyada ham yordam bera oladi. U shunaqa futbolchiki, istalgan bo‘sh hududni to‘ldirib beradi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!