"Qizilqum" bosh murabbiyi: "Kuchli jamoa g‘alaba qozondi"

  • 6 aprel, 2022, 22:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca Cola Kubogi guruh bosqichi, 1-turidan o‘rin olgan "Qizilqum"  - "Navbahor" (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida navoiyliklar bosh murabbiyi  Nikola  Lazarevich ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Lazarevichning o‘yin haqidagi  fikrlari quyidagicha bo‘ldi.

Tecno

- Bugungi o‘yin ajoyib tarzda o‘tdi. Muxlislar haqiqiy futbol spektakliga guvoh bo‘lishdi. Har ikki jamoa vakillari ajoyib o‘yin namoyish etishdi. Bugungi bahsda kuchli jamoa g‘alaba qozondi.

"Navbahor" yaxshi jamoa va ajoyib o‘yin namoyish etdi. Biz bugungi o‘yinni muhokama qilib, xatolar ustida ishlaymiz va oldinga intilishda davom etamiz. Bu yilgi chempionat bahslari qiziqarli tarzda kechmoqda hamda yaqqol etakchi yo‘q, ya’ni, har qanday jamoa zafar quchishga qodir.

O‘zbekiston Kubogi bahslaridagi maqsadimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonish.

"Navbahor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!