"Qizilqum" 16 yoshli futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Navoiy viloyati futbol akademiyasining iqtidorli darvozaboni Jahongir Mamatqulov "Qizilqum" PFK bilan shartnoma imzoladi.
U futbol akademiyaning Nurbek Usmonov qo‘l ostidagi U-16 jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Umidli darvozabon jamoamiz bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida Jahongir Mamatqulov 2006 yil 20 may sanasida Zarafshon shahrida tavallud topgan hamda birinchi murabbiyi Shamshod Qobilov va Bekzod Sanaqulovlardir.
“Qizilqum” PFK matbuot xizmati.



Fikrlar