Qirg‘iz klubini mag‘lub etgan "Dinamo" yig‘inida serbiyalik legioner va OKMK vakili ko‘rikdan o‘tmoqda

  • 16 iyul, 2023, 19:31
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Dinamo" jamoasi Issiqko‘ldagi yig‘ini doirasida Qirg‘iz Respublikasi chempionati ishtirokchisi "OshMU-Aldier" klubiga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Qiziqarli kechgan uchrashuvda ikki jamoa ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ikkinchi bo‘limda jamoamiz to‘purari Kojo Joel tomonidan kiritilgan gollar "Dinamo"ga qirg‘iz klubi ustidan g‘alaba keltirdi – 2:0.

O‘shliklarga qarshi o‘yinda Samarqand jamoasi safida ko‘rikda bo‘lgan serbiyalik Dushan Milich va Mirg‘iyos Sulaymonov maydonga tushdi. Jamoaning qo‘shni mamlakatdagi yig‘ini 24 iyulga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!