
Qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi boshlandi
Poytaxtimizda joylashgan Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘tayotgan musobaqa O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz qilichbozlik federatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi.
Bugun, 16 noyabr kuni o‘smir qizlar musobaqaning birinchi kunida yakkalik bahslari bo‘yicha o‘zaro raqobatni boshladilar. Ertaga, 17 noyabr kuni esa sablyachilar jamoaviy bellashuvlarda o‘z omadlarini sinab ko‘radilar.
Eslatib o‘tamiz, Jahon kubogida dunyoning 10 ta mamlakatidan kelgan 100 nafardan ortiq qilichbozlar bosh sovrin uchun kuch sinashmoqda.
Fikrlar