
Qashqadaryo viloyati hokimi "Nasaf"ni tabrikladi va har qanday qo‘llab-quvvatlovga hamda ko‘makka tayyorligini bildirdi
Bugun "Nasaf" klubi Toshkentda "Bunyodkor"ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va mavsumni kumush medallar bilan yakunlaydigan bo‘ldi. Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev jamoani Ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yurtimizda boshlangan futbol mavsumini vohamiz bosh jamoasi - "Nasaf" klubi "Andijon" jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongani barcha muxlislarga ham ma’lum. Kechagidek eslayman: 0:1 xisobida ortda borayotgan jamoamiz oxirgi daqiqalarda g‘alabani ilib ketgandi.
Ushbu o‘yinda o‘zim ham ishtirok etib, "Nasaf"ni mavsumda yuqori o‘rinlarni egallashini ko‘p sonli muxlislar bilan niyat qilgan edik. Bugun ushbu niyatlarimiz ijobat bo‘lib, sevimli jamoamiz o‘z tarixida uchinchi bor kumush medalni qo‘la kiritdi.
"Nasaf" bugun kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Qarshiliklar yana qachon shunday natija qayd etgan?
AGMK o‘z tarixida ilk bor sovrindorga aylandi
O‘zbekiston vitse chempioni - “Nasaf” futbol klubi rahbariyatini, murabiiylarini, futbolchilarni va men kabi ushbu jamoaning barcha muxlislarini 2020 yilgi O‘zbekiston milliy chempionatida 2-o‘rinni egallab, kumush medallarni qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabriklab, faqat va faqat: "Olg‘a Nasaf, olg‘a!", deb tilak bildirib qolaman. Har qanday qo‘llab-quvvatlovga va ko‘makka tayyorman.
Ajdarlarga xos shijoat tark etmasin. Yutuq muborak bo‘lsin!
Zoyir Mirzaev, Qashqadaryo viloyati hokimi.
Fikrlar