Qanot himoyachilarining benefisiga aylangan bahsda, "Bavariya" g‘alaba qozondi

  • 11 mart, 2023, 21:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya Bundesligasining 24-turdan o‘rin olgan "Bavariya" - "Augsburg" o‘yini o‘z yakuniga etdi.  Myunxenda bo‘lib  o‘tgan to‘qnashuv 5:3 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Tecno

"Bavariya" ikkinchi daqiqadayoq tezkor gol qabul qilib oldi. So‘ng maydon egalari ketma-ket hujum uyushtirdi: Dastlab Kanselu 15-daqiqada hisobni tenglashtiran bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib, Pavar jamoasini oldinga olib chiqdi. Birinchi taymning yarmidan o‘tganda Benjamin yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Sane 45-daqiqada gol urib, hisobni 4:1 holatga keltirdi.

Ikkinchi taymda "Augsburg" futbolchisi Mergim penaltini golga aylantirib oradagi farqni qisqartirdi. 74-daqiqada "Qizillar" o‘ng qanot himoyachisi Alfonso Devis ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. O‘yinga qo‘shib berilgan soniyalarda Irving Kardona Zommer darvozasiga aniq zarba berib, gol urdi.

Shu tariqa Nagelsman shogirdlari chempionat turnir jadvalida 52 ochko bilan vaqtinchalik peshqadamga aylanib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!