
Qachondan muxlislar stadionlarga kiritiladi? - Diyor Imomxo‘jaevdan javob
Yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmoqda. Va Tabiiyki muxlislar ham stadionlarga tushishni istamoqda. Ular qachondan o‘yinlarga tomoshabinlar kiritilishi mumkinligi bo‘yicha murojaatlar qilyapti. Bu savolga PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida ma’lumot berdi.
- Futbol muxlislarining stadionlarga qaytishi masalasida murojaatlar tinayotgani yo‘q. Bu borada O‘FA koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga murojaat qilgan. Sababi, sport musobaqalarining muxlislarsiz davom ettirilishi bo‘yicha cheklov ham aynan shu komissiya tomonidan o‘rnatilgan.
Demak, komissiya xulosasidan kelib chiqib, futbol uchrashuvlariga muxlislar yo kiritiladi yoki cheklovlar davom etadi. Komissiya qarori bor vaqtda O‘FA yoki O‘zPFL o‘zboshimchalik bilan cheklovlarga qarshi ish qila olmaydi. Kutamiz, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar
Комиссия томонидан чиқарилган тайинсиз қарорларини ҳеч бири Тошкент СИТИ га ўтгани ҳам бажарилгани ҳам йўқ.
Қолаверса шу кунларда Тошкент шаҳар туманларида тунги соатларда сайлов олди фестивалга ўхшаш қанақадир мероприятиялар аллақачон бошлаб юборилган.
Тақиқлов фақат футболда стадионда қолди холос.
Негадир шу МАХСУС КОМИССИЯ билан ПФЛ бир бирига жуда ҳам ўхшашда.
Ўхшатгунча учратмас деганлари шумикин-а.