
Pyanich va yana bir futbolchi mashg‘ulotlarni boshladi
"Barselona" matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, himoyachi Jan-Kler Todibo va yarim himoyachi Miralem Pyanich COVID-19dan to‘liq forig‘ bo‘ldi va mashg‘ulotlar jarayonini boshladi. Ikkala futbolchi ham yakka tartibda mashqlar o‘tkazdi.
Todibo 2019 yili "Tuluza" klubida 1 mln evro evaziga xarid qilingandi va Kataloniya klubi safida 5 ta uchrashuv o‘tkazgan. 2019/20 yilgi mavsumni ijara asosida "Shalke" klubida o‘tkazdi.
Pyanich ushbu mavsum "Yuventus"dan "ko‘k-anorranglilar" tarkibiga kelib qo‘shildi. 30 yoshli futbolchining transferi ispaniyaliklar uchun 60 mln evroga tushdi. U o‘tgan mavsum Turin klubida 43 ta bahs o‘tkazib, 3 ta gol urdi va yana 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar