Pullar Vinisiusga tinchlik bermayapti

  • 16 sentabr, 2024, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning keyingi yillardagi asosiy to‘purari Vinisius Junior yangi mavsumda o‘z darajasida o‘yin namoyish qila olmayapti.

Tecno

Braziliyalik futbolchi dastlabki beshta uchrashuvda atigi bitta to‘p kiritdi. “Qirollik klubi” mutasaddilari hujumchining jismoniy tayyorgarligi maromida emasligini yozda Saudiya Arabistonidan bo‘lgan takliflar tufayli yuzaga kelganini iddao qilmoqda.

Rahbariyatning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistonidan Vinisiusga har mavsum uchun 350 million evro maosh taklif qilingani o‘yinchining xayolini buzgan. O‘shandan beri u “Real”da diqqatini jamlay olmayapti.

AS nashriga ko‘ra, “Qirollik klubi” Vinisiusning samaradorligi tushib ketgani va maydonda avvalgi ishtiyoq bilan o‘ynamayotganidan xavotirda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
15/09/2024 13:21
Пул улсина