
Pulishich faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin
"Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Kristian Pulishich Italiya chempionatiga o‘tishi mumkin. "Calciomercato " nashrining yozishicha, amerikalik futbolchiga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" yozgi transfer oynasida futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi.
"Transfermarkt" portali Kristianni 38 million evroga baholamoqda. 24 yoshli futbolchining "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Pulishich joriy mavsum Angliya premer-ligasida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta assistga mualliflik qildi.
Fikrlar