Puli yo‘q “Barselona” baribir qimmat yulduzni olmoqchi

  • 7 yanvar, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” anchadan beri asosiy to‘purari Robert Levandovskining munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Biroq Evropada gol urishda barqaror hisoblangan barcha hujumchilar o‘ta qimmat baholanadi.

Tecno

El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar “Nyukasl"da o‘ynayotgan Aleksander Isaakni Ispaniyaga ko‘chirib kelmoqchi.

“Barselona” mutasaddilari shved forvardining transferiga o‘zlarining hujumkor futbolchisi Ferran Torresni qo‘shish orqali, to‘lanadigan summa miqdorini pasaytirishga urinib ko‘radi.

“Nyukasl” anchadan beri Ferran Torresga qiziqish bildirib keladi.

“Barselona” angliyaliklarning qiziqishidan foydalanib, 100 million evrolik transferga o‘z o‘yinchisini qo‘shishni reja qilgan.

Isaakning “qarg‘alar” bilan kelishuvi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan va Transfermarkt portali 25 yoshli futbolchini 75 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!