
Pul topildi: “Barsa” uchta supertransferga qo‘l urmoqda
Jurnalist Xelena Kondis Edo “Barselona” yangi transferlar uchun 650 million evro topganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, kataloniyaliklar niderlandiyalik pleymeyker Frenki de Yongni ham sotib yuborib, uning transferidan kelgan mablag‘ni ham boshqa ijrochilarni olishga sarflaydi.
Klub rahbarlari moliyaviy muammolarni engillatish uchun klub aktivlarining bir qismi va teletranslyatsiya huquqini sotib yuborishni ma’qulladi. Shunday qilib, klubning litsentsion va merchandayzing bo‘yicha aktivlarining 49,9 foizi va La Ligadagi o‘yinlari teletranslyatsiyasining 25 foizi bir necha hamkor tashkilotlarga sotib yuboriladi.
Bu tashkiliy ishlar klubga “Chelsi” himoyachisi Andreas Kristensen, “Milan” yarim himoyachisi Frank Kesseni ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi.
Shuningdek, “Barselona” yangi topilgan mablag‘ evaziga “Barselona”dan Levandovskini, “Manchester Siti”dan Bernardu Silvani va “Sevilya”dan Jyul Kundeni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar