PSJga "Sevilya" futbolchisi kerak

  • 12 fevral, 2021, 21:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 22 yoshli frantsiyalik futbolchiga PSJ jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Aytish kerakki, Kunde uchun PSJdan tashqari «Real», «Barselona» va «Manchester Yunayted» kabi jamoalar ham kurash olib bormoqda.

Bundan avvalroq “Manchester Siti”  Kundening transferi uchun “Sevilya”ga 55 mln evro taklif qilgani va andalusiyaliklar ushbu taklifga rad javobini bergani ma’lum bo‘lgan edi.

Jyul Kunde joriy mavsum La Ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning tovon puli 80 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!