PSJ yulduzi jarohat oldi

  • 16 sentabr, 2021, 16:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi guruh bosqichi ilk turidan o‘rin olgan bahsda PSJ va "Bryugge" o‘zaro murosa ko‘chasini tanladi. Mazkur bahsda parijliklar yulduzi Kilian Mbappe jarohat oldi.

Tecno

Jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino shogirdining holati to‘g‘risida ma’lumot berdi: "U o‘ng to‘pig‘ini shikastlab olgan. Kilian allaqachon ikkala to‘pig‘i bilan ham muammolarga duch kelib ulgurdi. Payshanba kuni bu haqda aniq ma’lumotga ega bo‘lamiz", - deydi murabbiy.

22 yoshli futbolchi 51-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. "PSJ" - "Bryugge" o‘rtasidagi bahsning 15-daqiqasida Mbappening uzatmasidan so‘ng Errera raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 27-daqiqada Xans Vanaken kiritgan gol esa "Bryugge"ga 1 ochko taqdim etdi.

Kilian Mbappe o‘tgan mavsum parijliklar libosida 47 uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 42 gol hamda 11 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!