
PSJ yozda Italiya terma jamoasi a’zosini sotib olmoqchi
PSJ klubi "Fiorentina" vingeri Federiko Kezani sotib olishni ko‘zlamoqda. Bu haqda Le10Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar Italiya terma jamoasi a’zosi hujum chizig‘ini kuchaytirishi mumkin deb hisoblashmoqda. O‘z navbatida “binafsharanglilar” ham o‘z etakchisini tarkibda olib qolishga va u bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirishga harakat qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Keza joriy mavsum “Fiorentina” safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 60 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar