PSJ xo‘jayini ma’lumotni tasdiqladi

  • 19 fevral, 2024, 17:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ prezidenti Nosir al-Xelayfi dam olish kunlari Dohada bo‘lib o‘tgan shaxsiy suhbatlarida Kilian Mbappe yozda "Real"ga o‘tishini tan oldi. Bu haqda "AS" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Oldinroq matbuotda Mbappe mavsum yakunida "qirollik klubi"ga borib qo‘shilishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Frantsiyalik hujumchi "qaymoqranglilar" bilan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolashi kutilmoqda. Kilian 2017 yilning yozida "Monako"dan ko‘chib o‘tgandan so‘ng Parijda o‘ynamoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli forvard joriy mavsum Liga 1da 20 ta o‘yin o‘tkazib, 21 golga mualliflik qildi va sheriklariga 4 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!