
PSJ xohlayotgan futbolchini Sarri faqat bir shart bilan qo‘yib yuborishga tayyor
Italiyalik taniqli jurnalist-insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, PSJ "Latsio"ning argentinalik futbolchisi Xoakin Korreaga jiddiy qiziqib qolgan.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, agar rimliklar bosh murabbiyi Mauritsio Sarri esa Korrea evaziga Parij klubidan Pablo Sarabiyani olishga qarshi emas.
O‘z navbatida "Latsio" rahbariyati Korrea evaziga PSJdan Sarabiya hamda unga qo‘shimcha 18-20 million evro pul olishni ko‘zlamoqda.
Korrea o‘tgan mavsum “Latsio” safida jami 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Pablo Sarabiya PSJda 37 ta o‘in o‘tkazib, 7 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar