PSJ Vitinyaga o‘rinbosarni "Barselona"dan olib kelmoqchi
PSJ Vitinyaning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda "El Nacional" nashri xabar berdi.
Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, portugaliyalik yarim himoyachining xizmatlariga "Real Madrid" faol qiziqish bildirmoqda. Shu sababdan parijliklar Vitinyaga o‘rinbosar izlamoqda. Hozirda asosiy nomzod "Barselona" futbolchisi Gavi bo‘lib turibdi. Ispaniyalik xavbekning xizmatlariga bosh murabbiy Luis Enrikening shaxsan o‘zi qiziqib qolgan.
Gavining PSJ o‘tish uchun taxminiy transfer narxi 55 million evroga baholanmoqda. Ammo bu bitim faqat Vitinya "Real" ga o‘tgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchining hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 40 million evroni tashkil etadi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi.



Fikrlar