
“Bavariya”ning mashhur o‘yinchisi boy klubga rad javobini berdi
“Bavariya” yarim himoyachisi Yozua Kimmix faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirish imkoniyatidan foydalanmadi.
Myunxen klubi rahbariyati o‘yinchini transfer qilish bo‘yicha ish olib bormoqda. Chunki Kimmixning shartnomasi kelasi yozda tugaydi va tomonlar yangi shartnoma bo‘yincha hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q.
29 yoshli tajribali futbolchiga jiddiy klub – PSJ xaridor bo‘ldi. Taniqli jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, Kimmix parijliklarga rad javobini bergan.
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi “Bavariya” safida 2015 yildan beri o‘ynab keladi. Shu paytga qadar u 390 ta bahsda maydonga tushib, 42 ta gol va 104 assist qayd etgan.
Fikrlar