PSJ Messidan voz kechadigan bo‘ldi

  • 26 aprel, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSj rahbariyati shartnomasi tugab borayotgan Lionel Messi bo‘yicha bir qarorga keldi. Mirror nashri jurnalistlarining ta’kidlashicha, parijliklar argentinalik jahon chempioniga boshqa yangi shartnoma taklif qilmaydi.

Tecno

Shu tariqa, 35 yoshli futbolchi yozda erkin agent sifatida boshqa klubga bepul o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Manbaning ta’kidlashicha, PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy klub siyosatini o‘zgartirgan. Endi u jamoada iste’dodli frantsiyalik yosh futbolchilarni jamlaydi. Endi katta mablag‘ sarflab, futbol yulduzlarini olib kelish amaliyotidan voz kechadi.

PSJ o‘z safida jahon futboli yulduzlarini jamlagani bilan Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmayapti. Bunga ko‘p jihatdan bosh murabbiy vazifasida ishlayotgan mutaxassislarning yorqin yulduzlarni etarli daraja bo‘ysundira olmayotgani ham sabab bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!