PSJ Mbappeni jamoada olib qolish uchun g‘alati yo‘l tutadi

  • 8 dekabr, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy jamoa etakchisi Kilian Mbappeni Parijda qolishga ko‘ndirishning turli usullarini qo‘llab ko‘rmoqda.

Tecno

AS nashri klub rahbariyati Mbappening qolishini ikki omilga bog‘lamoqda. Birinchidan, 24 yoshli forvard PSJda faoliyatini davom ettirsa, Frantsiya chempionatlari tarixida eng zo‘r to‘purar nomini olib, tarixga kirish imkoniga ega bo‘ladi.

Ikkinchidan, Mbappe yozda bo‘ladigan “Parij Olimpiadasi-2024” musobaqasida g‘olib chiqishi mumkin. PSJ rahbariyati Kilian Frantsiya olimpiya terma jamoasi safida 23 yoshdan katta bo‘lgan uch o‘yinchidan biri sifatida to‘p tepishiga qarshilik qilmaydi.

Kilian Mbappe hozirga qadar Liga 1 o‘yinlarida 179 ta gol urgan. Bu borada rekord “Monako”da o‘ynagan Delio Onnisga tegishli. U milliy chempionatda o‘z hisobiga 299 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!