PSJ "Manchester Yunayted" yarim himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

  • 15 dekabr, 2023, 17:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ni keyingi yilda tark etishi mumkin bo‘lgan Kazemiroga PSJ qiziqish bildiryapti, deya xabar bermoqda "Sports Zone" nashri. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachini parijliklardan tashqari Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinmoqda. "Qizil iblislar" esa bu transferdan 50 million evro ishlab olishni ko‘zlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Kazemironing "Manchester Yunayted" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. U mazkur mavsumda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!