PSJ ikkita katta transferga qo‘l urdi

  • 20 yanvar, 2022, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati maydon markazini kuchaytirish maqsadida yulduz darajasidagi ikkita yarim himoyachini o‘z safia qo‘shib olishga tayyorlanyapti.

Tecno

Manbalarning ma’lum qilishicha, parijliklar “Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba va “Milan” etakchisi Frank Kessieni nishonga olgan. Har ikki o‘yinchi mavsum oxirida erkin agentga aylanadi va hozirgi klubini tark etishi kutilmoqda.

Pol Pogba anchadan beri “Real”ga o‘tishni orzu qilib yuribdi. Biroq “Qirollik klubi” yozda bor e’tiborini hujumchilar – Kilian Mbappe, Erling Xoland yoki Dushan Vlaxovichni olishga qaratishni ma’lum qilgan.

Frank Kessie esa bir necha grand klublar ro‘yxatida turibdi. Uni ko‘ndirish uchun boshqalardan ko‘proq maosh taklif qilish kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!