PSJ hujumchisiga 6 klub xaridor

  • 7 yanvar, 2024, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Ugo Ekitikedan voz kechishga qaror qilgan.

Tecno

21 yoshli markazi hujumchi murabbiylar shtabi unga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon bermayotganidan norozi. Ugo yangi mavsumda o‘zini ko‘rsatish maqsadida yozda “Ayntraxt”dan bo‘lgan taklifni qabul qilmagan edi.

Joriy mavsumda Ekitike atigi bitta uchrashuvda sakkiz daqiqaga maydonga tushirilgan hujumchi ketishi kerakligidan dalolat beradi.

Iste’dodli hujumchi ishsiz qolmaydi. “Milan”, “Kristal Pelas”, “Vest Xem” kabi jamoalar Ekitikeni so‘rab, parijliklarga aloqaga chiqdi.  

L'Equipe nashrining yozishicha, hujumchi uchun kurashga “Vulverxempton”, “Ayntraxt Frankfurt”, “Volfsburg” jamoalari ham qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!