PSJ futbolchisida koronavirus aniqlandi

  • 4 yanvar, 2021, 20:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Rafinya Alkantaraning COVID-19 ga topshirgan testi musbat natija berdi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Parij klubi matbuot xizmati ham kecha jamoa a’zolaridan biri koronavirus sabab kasalxonaga yuborilgani haqida xabar bergan edi. Ammo klub xabarida kasallikka chalingan futbolchi kim ekani ma’lum qilinmagan.

Rafinya PSJ safiga o‘tgan yilning oktyabr oyida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan edi. U o‘tgan davr mobaynida 17 ta o‘yinda ishtirok etdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!