
PSJ 3 kun avval to‘qnash kelgan raqibiga qarshi yana bahslashdi
Frantsiya Liga 1 musobaqasida 15-turning qoldirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, "Monako" va PSJ jamoalari qarama-qarshi bellashuvda ishtirok etishdi. 3 kun avval, o‘zaro 3:3 hisobida durang o‘ynagan jamoalarning bu safargi to‘qnashuvida parijliklar 4:1 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi.
Gollarga Mbappe (2 marta), Neymar va Sarabriya mualliflik qilgan bo‘lsa, mezbonlardan faqatgina Bakayoko Parij klubi davozasiga yo‘l topa oldi.
Shu tariqa, PSJning ochkolari soni 49 taga etdi va eng yaqin ta’qibchisi bilan oradagi ochkolar farqini 8 taga etkazib qo‘ydi.
"Monako" esa mag‘lubiyatdan so‘ng, "Lion", "Anje" va "Reyms" klublari bilan bir xil 29 ochkoga ega bo‘lib, mos ravishda 7-10-o‘rinlarni bo‘lishib turishipti.
Fikrlar