
Pro-liga ishtirokchisi 150 mln so‘m xayriya qildi
Ushbu sinovli kunlarda “Turon”futbol klubi jamoasi ta’sischilari hamxayrli ishga qo‘l urdi. Unga ko‘ra, ushbu korxona koronavirusga qarshi kurash doirasida 150 million so‘mlik xayriya ishlarini amalga oshirdi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bugun mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga qarshi keskin kurashilayotgan bir pallada Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida joylashgan “Turon” klubi tomonidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida ko‘plab xayriya ishlarini amalga oshirilmoqda.
“Turon” klubi tomonidan “Dehqon bozori” MChJga 50 million so‘mlik kartoshka mahsuloti keltirilib, aholiga etkazib berilishida katta amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, COVID-19 ga qarshi kurashda aholiga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 100 million so‘m mablag‘ni beg‘araz o‘tkazib berildi.
Fikrlar