Pro-liga. "Buxoro" o‘z maydonida "Zomin" bilan durang o‘ynadi
Pro-liga 4-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Zomin" uchrashuvi yakunlandi. Unda jamoalar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Dastlab mezbonlar 12-daqiqada Ro‘zimboy Axmedovning goli evaziga oldinga chiqib oldi. Biroq 68-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda zominliklar vakili Otabek Ahmadjonov muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, "Buxoro"ning ochkolari soni 6 taga etdi. Jamoa ayni payt jadvalning 5-pog‘onasidan o‘rin egallagan.
"Zomin" hisobida 5 ochko mavjud bo‘lib, klub 6-pog‘onani band etib turibdi.



Fikrlar