Prevyu. "Xorazm" - "Qo‘qon-1912"

  • 19 sentabr, 21:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga "Qo‘qon-1912" jamoasi Superliganing 22-turida "Xorazm"ga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Jamoalar shu vaqtga qadar Superligada jami 7 ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Ushbu bahslarning 3 tasida "Qo‘qon-1912" g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 4 ta uchrashuv xorazmliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan. To‘plar nisbati 9-11 raqib foydasiga.

Ushbu jamoalar so‘nggi bor Xorazmda Superliga bahslarida 2000 yildan to‘qnash kelishgan. O‘shanda qo‘qonliklar raqibini 3:1 hisobida taslim etishni uddalashgan. 

Superliganing 21-turidan so‘ng "Qo‘qon-1912" jamoasi 21 ochko bilan turnir jadvalining 13-pog‘onasida ketmoqda. "Xorazm"ning hisobida esa 19 ta ochko bor va ular turnir jadvalining 14-pog‘onasidan joy olishgan.

"Xorazm" — "Qo‘qon-1912" o‘rtasidagi bahs ertaga 17:00 da "Xorazm" stadionida boshlanadi. Uchrashuv "Futbol TV" kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!