
Prevyu. "Neftchi" - "Bunyodkor"
Xabaringiz bor, Superliganing 16-tur bahslari bilan ikkinchi davra mavsumi start oldi.
Ushbu tur doirasida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" "Istiqlol" markaziy o‘yingohida Toshkentning "Bunyodkor" klubini qiladi.
Klub matbuot xizmati uchrashuv oldidan prevyuni taqdim qildi.
O‘zaro o‘yinlar statistikasiga kelsak, 2005 yilda tashkil topgan "Bunyodkor" futbol klubi bilan O‘zbekiston chempionati doirasida farg‘onaliklar 31 marta to‘qnash kelishgan. Bulardan 8 ta o‘yinda "Neftchi" g‘alaba qozongan, 18 ta uchrashuvda "Bunyodkor" ustun kelgan, 5 ta bellashuvda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati 25-45 toshkentliklar foydasiga.
Jamoalarning Farg‘onada bo‘lib o‘tgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha
03.112024.
"Neftchi"-"Bunyodkor" 2:1
15.05.2023.
"Neftchi"-"Bunyodkor" 1:0
25.04.2022.
"Neftchi"-"Bunyodkor" 1:3
17.03.2018.
"Neftchi"-"Bunyodkor" 0:1
16.04.2017.
"Neftchi"-"Bunyodkor" 1:2
Eslatib o‘tamiz, Superliganing 16-turida "Neftchi" -"Bunyodkor" bellashuvini Temur To‘xtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar