Prevyu. "Lokomotiv"-"Metallurg"

  • 3 mart, 2024, 07:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun chempionatimizning 1-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Toshkentda "Lokomotiv"-"Metallurg" qarama-qarshiligi ham bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Mazkur jamoalari bugunga qadar kuchlilar safida o‘zaro 38 o‘yin o‘tkazgan. Shulardan 6 tasida “Metallurg”ning qo‘li baland kelgan. 12 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. 20 o‘yinda esa temiryo‘lchilar zafar quchishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 36:64, toshkentliklar foydasiga.

Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvlarida “Lokomotiv” katta ustunlikka ega. 19 ta uchrashuvning 12 tasida temiryo‘lchilar zafar quchishgan. 5 ta bahsda kuchlar teng kelgan. 2 ta o‘yinda “Metallurg” muvaffaqiyatga erishgan.

Toshkentda o‘tkazilgan so‘nggi 6 ta uchrashuvda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

12.11.2022 Lokomotiv – Metallurg – 3:1
11.05.2021 Lokomotiv – Metallurg – 1:3
15.06.2020 Lokomotiv – Metallurg – 0:3
15.09.2019 Lokomotiv – Metallurg – 1:1
30.10.2018 Lokomotiv – Metallurg – 1:0
09.03.2018 Lokomotiv – Metallurg – 1:1

"Metallurg" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!