
Premer-ligada o‘ynayotgan eng qimmat osiyolik futbolchilar
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ga o‘tishga juda yaqin turibdi. Tomonlar kelishuvga erishdi, himoyachi klub bilan to‘rt yarim yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda va bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoni bo‘ladi. "Shaharliklar" ushbu transfer uchun 40+10 million evro to‘laydi.
APLda osiyolik futbolchilari ko‘pligini yaxshi bilasiz. Mana shu o‘yinchilar orasiga endilikda vatandoshimiz ham qo‘shilmoqda. Quyida eng qimmat osiyolik futbolchilar bilan tanishishingiz mumkin.
Koaro Mitoma - 45 million evro ("Brayton")
Son Xin Min - 38 million evro ("Tottenxem")
Takexiro Tomiyasu - 32 million evro ("Arsenal")
Xi Chan Xvan - 22 million evro ("Vulverxempton")
Vataru Endo - 12 million evro ("Liverpul")
Abduqodir Husanovning ayni paytdagi transfer narxi 12 million evroni tashkil qiladi. U bu statistika bo‘yicha kuchli beshtalikda ko‘rinish berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda futbolchi hali Angliyaga yo‘l olgani yo‘q.
Fikrlar