
Portugaliya 2006 yildan buyon davom etayotgan "qora an’ana"siga chek qo‘ydi
Portugaliya terma jamoasi 16 yildan buyon ilk marotaba Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi.
Fernandu Santush jamoasi JCh-2022 1-turidan o‘rin olgan bahsda Ganani 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
So‘nggi bora portugallar 2006 yilgi Mundialning 1-turida Angolani 1:0 hisobida taslim etgan. O‘shanda ular yarim finalga qadar etib borib, final arafasida frantsuzlarga imkoniyatni boy bergandi.
Shuningdek, Portugaliya 1986 yil (oxir-oqibat guruhdan chiq olmagan) hamda 1966 yil ( yarim finalgacha borgan) turnir startini g‘alaba bilan boshlagan.
Fikrlar