
Polvonlarimiz Hindistonda 20 ta medal qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 21-23 mart kunlari Hindistonning Xaryana shtati Roxtak shahrida joylashgan Maharshi Dayanand universititetida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur festival doirasida O‘zbekiston, Rossiya va Hindiston davlati o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro "Do‘stlik" deb nomlangan turnir ham o‘tkazildi.
Xalqaro musobaqada O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligida Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov, Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti yordamchisi Bekzod Boltabaev, terma jamoa bosh murabbiy Oybek Mullaboev, xalqaro toifadagi hakamlar Elmurod Abdullaev, Jamshidbek Egamov va polvonlarizmizdan iborat 20 nafar sport delegatsiyamiz ishtirok etib, munosib natijalarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
Demak, kuchli uchlikdan joy olgan polvonlarimiz bilan tanishamiz:
Belbog‘li kurash klassik yo‘nalishi.
Erkaklar:
Oltin medal
57kg. Hanaboy O‘rayimov
62 kg. Abbos Ahmadjonov
75 kg. Murodjon Hamidov
82 kg. Dostonbek Obidjonov
90 kg. Samandar Abdusalomov
+100 kg. Azimjon Yuldoshev
Kumush medal
100 kg. Nurbek Isaqov
Bronza medal
68 kg. Bekpo‘lat Boqirov
Ayollar
Oltin medal
52 kg. Farangiz Abdunabieva
+76 kg. Shirinoy Yuldosheva
Kumush medal
58 kg. Feruza Sobirova
Bronza medal
76 kg. Dildora Mamadalieva
76 kg. Muxlisa Rustamova
Belbog‘li kurash erkin yo‘nalishi:
Oltin medal
57 kg. Hasanboy O‘rayimov
62 kg. Abbos Ahmadjonoa
+100 kg. Azimboy Yuldoshev
Kumush medal
68 kg. Bekpo‘lat Boqirov
75 kg. Murodjon Hamidov
82 kg. Dostonbek Obidjonov
90 kg. Samandar Abdusalomov
100 kg. Nurbek Isaqov
Yakuniy natijalarga ko‘ra, polvonlarimiz umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni band etishdi. Ushbu xalqaro turnir doirasida O‘zbekistoning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida Hindistonning bir qator vazirlik va idoralarining yuqori lavozimdagi mas’ullari, parlament a’zolari bilan Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi o‘rtasida hamkorlikka oid muhim uchrashuvlar o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi va Hindiston belbog‘li kurash federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama belbog‘li kurashni yanada rivojlantirishga oid memorandum imzolandi. O‘tkazilgan muzokaralarda "Do‘stlik" turniri ana’anaviy turnirga aylantirilib, nabatdagi "Do‘stlik" turniri 2026 yilda Toshkentda o‘tkazishilishi belgilandi. Turnirning tantanali ochilish va taqdirlash marosimida O‘zbekistonning Hindistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sardor Rustamboev ishtirok etdi.









Fikrlar