
Polsha. Yaxshiboevning jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi
Bugun Polsha Ekstraklasasida 18-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev faoliyat olib boradigan "Legiya" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Visla"ni qabul qildi. Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda mezbonlar 5:2 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Yaxshiboev bellashuv qaydnomasidan o‘rin olgan bo‘lsada, mashg‘ulotda olgan kichik jarohati bois zaxirada qoldi va debyut keyinga qoldirildi. Bugungi g‘alabadan so‘ng "Legiya" hisobidagi ochkolar soni 36 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar