
Pogbaning agenti grand klublardan biri bilan muzokaralar boshladi
PSJ rahbariyati hamon "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbadan umidini uzmayapti.
Foot Mercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, parijliklar 27 yoshli frantsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola bilan dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan. Pogbaning MYu bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda yakunlanishini inobatga olganda, “qizil iblislar” katta ehtimol bilan yozda ushbu futbolchini sotib yuboradi.
Pogba joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar