Pogba "Sporting"ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera oladi

  • 13 aprel, 2023, 14:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba maydonga tushishga tayyor. "Keksa senyora" matbuot xizmati xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi Evropa ligasi 1/4 final doirasidagi Lissabonning "Sporting" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvning qaydnomasiga kiritilgan.

Tecno

Katta ehtimol bilan Pogba o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi. Biroq maydonga zaxiradan tushishi mumkin. Pol jarohati tufayli ushbu mavsumning yarmini o‘tkazib yubordi. U bu mavsum A Seriyada atigi ikki o‘yin o‘tkazdi.  

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus"ning "Sporting"ga qarshi o‘yini bugun tunda, Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!