
Pogba MYu rahbariyatidan "Real" bilan muzokaralar boshlashni so‘radi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli frantsiyalik futbolchi “Manchester Siti”dan (0:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa rahbariyatidan “Real” bilan muzokaralarni boshlashni so‘ragan.
Jugones nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Pogba mavsumlar oralig‘ida tashkil etiladigan Xitoy turnesiga borishdan bosh tortgan va Xitoy vizasini olishni rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, Pogba joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va 13ta gol hamda 9ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar