
Pogba MYu bilan shartnomani uzaytirmaydi va ...
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba jamoadan ketishga qaror qildi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola “qizil iblislar” bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pogba yozda “Real”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Madridliklar uning transferi uchun 150 mln evro sarflashga tayyor. Uni Madridda shaxsan jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan ko‘rishni xohlamoqda.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Pogba joriy mavsum MYu safida jami 44ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar