"Pogba hali qolish yoki ketishni hal qilmagan!"

  • 14 sentabr, 2021, 17:34
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pogbaning akasi Matias Pogba ukasi Polning kelajagi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Pol hali qolish yoki ketishni hal qilmagan. Bu uning qarori. U hozir Manchesterda o‘zini juda yaxshi his etmoqda. Keyin nima bo‘lishini bilmayman. Buni vaqt ko‘rsatadi",-dedi Matias El Chiringuito" nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq, Pogba "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi ekanligi va bunga jamoaga yaqindagina kelib qo‘shilgan Krishtianu Ronaldu jiddiy ta’sir ko‘rsatganligi haqida xabarlar tarqalgandi. Shunga qaramay, "Real" va "Yuventus"dan unga qiziqish bor.

MYu va futbolchi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilga qadar mo‘ljallangan. Pogba mankuniyaliklar tarkibida 2016 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. Bu vaqt oralig‘ida u o‘z hisobiga 38 gol va 49 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!