
Pogba Brunu Fernandesh sabab transferga qo‘yiladi
"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasi vaqtida yarim himoyachi Pol Pogbani sotib yuborishi haqida xabar berib o‘tgan edik.
Talksport jurnalisti Aleks Kruk ma’lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher klub rahbariyatiga Brunu Fernandesh va frantsiyalik xavbekni maydonga bir vaqtda tushira olmasligini ma’lum qilgan. Pogbaning shartnomasi 2021 yil iyunida yakuniga etishi va murabbiylar shtabining qaroridan so‘ng, rahbariyat uni transferga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda xavbek Premer ligada 7 ta o‘yinda maydonga tushib, golli vaziyatlarda ishtirok etmadi.
Fikrlar