
Pogba - sharmanda! MYu undan qutilishi kerak
Sky Sports telekanali eksperti Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning kelajagi haqida fikrlarini bildirdi.
"MYu Pogba bilan xayrlashishi kerak. Bu haqida 12 oydan beri gapirib kelyapman. Pogba futbol tarixidagi eng ortiqcha baholangan futbolchi. Pogba va Rayolaning ishlari shunchaki sharmandalik.
U qaerga ketishini bilmayman, uni kim olishi mumkin. MYu undan qutilmoqchi, o‘zingizni aldamang. Ule-Gunnar Sulsher undan kechib ulgurdi, chunki asosiy tarkibda Maktominey va Fredni tushirmoqda. Murabbiy "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda qolgan futbolchilar dam olishi uchun uni maydonga tushirdi.
"Manchester Yunayted"dan yaxshiroq ikkita klub bor. Bular "Barselona" va "Real". Ronaldu "Real"ga o‘tdi, chunki madridliklar eng kuchli klublardan biri. Ammo "Real" va "Barsa" Pogbani sotib olishiga ishonmayman. Agar bu ish amalga oshsa, ular meni hayron qoldirishadi", - deydi Karrager.
Fikrlar