
Pochettino “Real”ga olib keladigan yulduzlar ro‘yxatini oshkor qildi
Ayni paytda ishsiz yurgan argentinalik mutaxassis Maurisio Pochetino tez orada “Real”ni qabul qilib olishi mumkin. “Qirollik klubi” Pochettino bilan muzokara olib borgan va uning dastlabki roziligiga erishgan.
O‘z navbatida, Pochettino “Real”ni boshqaradigan bo‘lsa, sobiq futbolchilaridan bir nechtasining transferini talab qilmoqda. Unga ko‘ra, argentinalik mutaxassis Florentino Peresdan sobiq jamoasi hisoblangan “Tottenxem” yulduzlari Harri Keyn va Dele Alli, “Yuventus”dan hamyurti Paulo Dibalani olib kelishni so‘ragan.
“Qirollik klubi” rahbariyati navbatdagi transferlar davrida asosiy nishon sifatida Kilian Mbappe, Erling Xoland va Eduardo Kamavinga nomzodlarini ko‘rsatgan edi.
Fikrlar